Franchise Community
Uzum Market buyurtma tarqatish punktini ochishni rejalashtirayotganlar uchun uchrashuvlar

Biz Uzum BTP franshizasi qanday tashkil etilgani haqida batafsil ma’lumot beramiz, investitsiyalar va daromadlilikni tahlil qilamiz, hamkorlar tajribasi bilan o‘rtoqlashamiz va biznesni boshlash hamda rivojlantirish bo‘yicha barcha savollarga ochiq javob beramiz.

Har ikki haftada bir marta Uzum Market ofisida va onlayn tarzda uchrashamiz
Boshlanish sanasi
Ro‘yxatdan o‘tish

Uchrashuvlar, quyidagilarni istaganlar uchun foydali bo‘ladi:

O‘z biznesini ochmoqchi bo‘lganlar

Eng yirik e-commerce platformasi hamkoriga aylaning

O‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan joydan maksimal foyda bilan foydalanmoqchi bo‘lganlar

O‘zingizning yoki ijaraga olgan joydan unumli foydalaning

E-commerce sohasida barqaror daromad olishni xohlovchilar

Tez o‘sib borayotgan elektron tijorat sohasida daromad oling

Ekspert javoblarini olish

Amaliyotchi mutaxassislardan biznes modeli haqida batafsil ma’lumot oling
Agar siz qaysi sohada o‘z biznesingizni boshlashni tanlayotgan bo‘lsangiz, ushbu uchrashuvlar eng dolzarb savollarga javob topishga, xarajat va daromadlarni hisoblashga yordam beradi. Shunda sizning buyurtma tarqatish punkti haqiqiy o‘sish nuqtasiga aylanadi.

Nima bo‘ladi?

Uzum E-com ofisida onlayn va oflayn uchrashuvlar
Uzum Market mutaxassislari va hamkorlarning haqiqiy tajribalari
Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan

Ma’ruzalar dasturi

Savollarga javob beramiz

Franchise Community nima?

Franchise Community — bu Uzum jamoasining tarqatish punktini ochmoqchi bo‘lganlar uchun bepul ma’ruzalari.

Franchise Community’ga qanday qo‘shilish mumkin?

Ro‘yxatdan o‘tib, Telegram-bot orqali taklifnoma olish kerak.

Ma’ruzalar qayerda bo‘lib o‘tadi?

Ma’ruzalar Uzum Market ofisida (Toshkent, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A) manzilida, hamda Zoom platformasida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tishda ma’ruzani o‘tkazish formati ko‘rsatiladi.

Onlayn translyatsiya yozib olinadimi?

Yo‘q, ma’ruza yozib olinmaydi.

Franchise Community’ga necha yoshdan ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Ro‘yxatdan o‘tish 18 yoshga yetganlar uchun mavjud.

Har bir ma’ruzaga ro‘yxatdan o‘tish mumkinmi?

Ha, har bir ma’ruzaga ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan ma’ruzaga kelish mumkinmi?

Yo‘q, afsuski, ro‘yxatdan o‘tmasdan sizga oflayn-ma’ruzaga qatnashishga ruxsat berilmaydi. Onlayn-ma’ruzaga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish ma’ruzaga kirish kafolatini beradimi?

Auditoriyada joylar soni cheklangan. Shuning uchun joylar soniga qarab taklifnoma yuboramiz.

Biznesda tajriba kerakmi?

Yo‘q — uchrashuvlarda barcha qadamlarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Biz bilan bog‘lanish uchun
Ro‘yxatdan o‘tish
BTP ochmoqchiman