Uzum Market'da allaqachon sotuvchi bo’lgan yoki endi buni rejalashtirayotganlar uchun bepul ma’ruzalardir
Biz sizga Uzum Market'ga qanday kirish, reklama vositalari yordamida sotuvlarni qanday oshirish, mijozlar qalbini zabt etish uchun kontent bilan ishlash va xizmat ko‘rsatishni qanday yo‘lga qo‘yish haqida so‘z yuritamiz.
Biz har ikki haftada bir marta Uzum E-com ofisida va onlayn uchrashamiz.
Uzum Market'da ro‘yxatdan o‘tib, biznes o‘sishi maqsadida jarayonlarni yo'lga qo'yishni xohlovchilar uchun
Amaldagi sotuvchilar uchun
platformada o‘z sotuvlarini ko‘paytirishni va kontent, hujjatlar va bo‘sh joylar bilan ishlash bo‘yicha amaliy layfxaklar va maslahatlar olishni xohlaydiganlar.
Nima bo‘ladi?
Bepul onlayn va oflayn ma’ruzalar Uzum E-com ofisida
Uzum Market spikerlari va platformaning yetakchi sellerlari
Ishtirok etish bepul, o‘rinlar soni cheklangan
Lektoriy dasturi
Eng ommabop savollar
Seller’s community nima?
Seller’s community — bu Uzum Market jamoasi va platformaning yetakchi sotuvchilarining bepul ma’ruzalari.
Ma’ruzalar Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132A manzilida joylashgan Uzum E-com ofisida, shuningdek, Zoom platformasida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tishda ma’ruza o‘tkazish shaklini ko‘rsatamiz.
Ma’ruzada ishtirokchilarning maksimal soni qancha bo‘lishi mumkin?
Ma’ruza oflayn shaklda o‘tkazilsa, o‘rindiqlarning maksimal soni — 50 ta. Agar ma’ruza onlayn bo‘lsa — 1000 kishigacha.
Onlayn translatsiya yoki yozib olingan bo‘ladimi?
Yo‘q, onlayn translyatsiya va ma’ruzalar yozib olinmaydi.
Seller’s community da necha yoshdan boshlab ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish 18 yoshga to‘lgan shaxslar uchun mavjud.
Har bir ma’ruzaga ro‘yxatdan o‘tish mumkinmi?
Ha, har bir ma’ruzaga ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ma’ruzaga ro‘yxatdan o‘tmasdan kelish mumkinmi?
Yo‘q, afsuski, ro‘yxatdan o‘tmasdan, biz sizga oflayn ma’ruzalarga kirishni rad etishga majbur bo‘lamiz. Onlayn ma’ruzaga kirish havolasini olish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish ma’ruzaga kirish kafolatini beradimi?
Auditoriyada joylar soni cheklangan. Shuning uchun joylar soniga qarab taklifnoma yuboramiz.